Parij-2024: Bugun Hasanboy Do‘smatov medallar uchun kurashga kirishadi

Sport

image

Bugun, 30 iyul kuni Parij-2024 Olimpiadasida 6 nafar o‘zbekistonlik sportchi 3 ta sport turida bahslarga kirishadi.

Boks turida erkaklardan Rio-2016 Olimpiadasi chempioni -51 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov Olimpiadadagi yurishini boshlaydi. Kechki dasturda, shuningdek, Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari sovrindori -80 kg da To‘rabek Habibullayev to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasida ringga ko‘tariladi.

Ayollardan esa Sitora Turdibekova va Nigina O‘ktamova o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi. 

Dzyudo bahslarida -81 kg da Sharofiddin Boltaboyev medallar uchun kurashga kirishadi.

Akademik eshkak eshish turida Osiyo o‘yinlari g‘olibi Anna Prakaten sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Hasanboy Do'smatov Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing