Paragvayga koronavirus emas, denge bezgagi xavf solmoqda

Salomatlik

image

Paragvayda denge bezgagidan halok bo‘lganlar soni 46 kishiga yetdi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Paragvayda epidemiya holati pasaymoqda, kasalxonalarga murojaatlar soni deyarli uch baravar kamaygan. 

"Yanvar oyi oxirida bir haftada 29 mingta shubhali holat aniqlangan bo‘lsa, bugunga kelib ular soni 10 minggacha tushdi. Kelajakda bu pasayish davom etishi kutilmoqda", deyiladi vazirlik bayonotida.

Paragvayda 151 841 fuqarodan denge bezgagi bo‘yicha tashxis olingan. Ulardan 14 156 tasining javobi ijobiy chiqqan. 

“Denge bilan bog‘liq 46 holatda o‘lim qayd etildi”, deb qo‘shimcha qilgan vazirlik.

Denge bezgagi - bu subtropik va tropik iqlimi bo‘lgan mintaqalarda keng tarqalgan xavfli virusli kasallik. Dengening asosiy tashuvchisi - Aedes aegypti turidagi chivinlar hisoblanadi. Tashuvchi bo‘lmaganda u bilan kasallangan odam yon-atrofdagilar uchun xavfli emas. Kasallikning belgilari isitma, ko‘ngil aynish, toshma va bosh og‘riqlaridir.


Maqola muallifi

Teglar

Paragvay denge bezgagi

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing