Fransiya kichik hisobdagi g‘alaba bilan 1/4 finalga chiqdi
Sport
−
05 Iyul 10715 1 daqiqa
Bugun, 5 iyul kuni Fransiya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 final bosqichida Paragvayni 1:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.
AQSHning Pensilvaniya shtati, Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. O‘yindagi yagona golga 70-daqiqada Kilian Mbappe penaltidan mualliflik qildi.
Endilikda Fransiya milliy terma jamoasi chorak finalda Marokashga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs joriy yilning 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Fransiya ketma-ket to‘rtinchi bor Jahon chempionati chorak finaliga chiqdi. “Uchranglilar” so‘nggi marta 2010 yilgi mundialda guruh bosqichidan o‘ta olmagan edi.
Paragvay esa 2010 yildan buyon ilk bor Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. O‘shanda janubiy amerikaliklar chorak finalgacha yetib borgan bo‘lib, bu hozirgacha milliy terma jamoaning mundiallar tarixidagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr