Para velosport bo‘yicha Osiyo chempioniga uy sovg‘a qilindi
Sport
−
12 mart
2406Para velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchi Odinaxon Hamdamovaga Farg‘ona shahridan uy sovg‘a qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yaqinda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan va 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi farg‘onalik sportchi Odinaxon Hamdamovaga viloyat hokimligi tomonidan Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massividan kvartira kaliti topshirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu qit’a birinchiligida 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza, umumiy 26 ta medalni qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida O‘zbekiston delegatsiyasi 1-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Alisher G‘aniyevga ham uy sovg‘a qilingani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

