Para taekvondo. Guljanoy Naimova Jahon chempioni bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 12 dekabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida davom etayotgan para taekvondo bo‘yicha 9-Jahon chempionatida o‘zbekistonlik Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

+65 kg vazn toifasida dayanga ko‘tarilgan Naimova finalda Buyuk Britaniya vakilasi Emi Truzdeylni mag‘lubiyatga uchratdi.

Kecha, 11 dekabr musobaqaning dastlabki kunida ikki nafar o‘zbekistonlik taekvondochi sovrindorlar qatoridan joy olgan edi. Jumladan, ayollar o‘rtasida -47 kg vazn toifasida Ziyodaxon Isoqova hamda erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida Lutfullo Qodirov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Naimova joriy yilning avgust-sentyabr oylarida o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatida dunyoning 41 mamlakatidan 261 sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi. 7 nafar sportchi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi esa umumjamoa hisobida (erkaklar va ayollar) 5-o‘rinni egalladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Oltin medal' Paralimpiya assotsiatsiyasi Para taekvondo Naimova

Baholaganlar

97

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing