Pandemiyaga qaramay Apple daromadlari rekord darajada o‘sdi

Texnologiya

image

Koronavirus pandemiyasi Apple kompaniyasining moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi. Kompaniya daromadlari 2020 moliya yilining to‘rtinchi choragida rekord darajada o‘sgan

Joriy yilning 26 sentyabrida yakunlangan uch oylik natijalarga ko‘ra, kompaniyaning daromadi 64,7 milliard dollarni tashkil etgan. Ya’ni, 2019 moliya yilining shu davriga nisbatan o‘sish qayd etilgan. O‘shanda kompaniya daromadi 64 milliard dollarni tashkil etgan. 

Shu bilan birga kompaniyaning Bosh ofisi joylashgan Kupertinoda sof foyda biroz pasaygan. Ya’ni, sof foyda bir yil oldingi 13,7 milliard dollardan 12,6 milliard dollarga tushgan.

Butun 2020 moliya yilida esa Apple daromadi 274,5 milliard dollarga yetgan. O‘tgan yilgi daromad esa 260,2 milliard dollarga teng bo‘lgan. 

"Apple o‘zining moliyaviy yilini yakunladi. To‘rtinchi chorakdagi daromad, asosan, Mas oilasi kompyuterlari va servislaridan tushdi", degan korporatsiya rahbari Tim Kuk.

Uning ta’kidlashicha, 5G aloqa texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi yangi iPhone smartfonlarining sotilishi koronavirus pandemiyasi holatida ham kompaniyaning daromadlarini oshirishda davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 13 oktyabr kuni Apple kompaniyasi uzoq kutilgan yangi iPhone 12 smartfonini namoyish qilgandi


Maqola muallifi

Teglar

pandemiya

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing