Pandemiya O‘zbekistonda avtomobil va ko‘chmas mulk bozoriga qanday ta’sir qildi?

Jamiyat

image

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) bosh ilmiy xodimi Halilulloh Hamidov koronavirus pandemiyasining ko‘chmas mulk va avtomobil bozorlariga ta’sirini tahlil qildi.

Ko‘chmas mulk

Tahlil shuni ko‘rsatdiki, karantinga qadar ko‘chmas mulk bozorida talab har oyda o‘rtacha 6-7 foizga oshib borgan. Toshkent va Toshkent viloyatidagi ko‘chmas mulk bozorlaridagi savdolar umumiy bozor hajmining 40-45 foizini tashkil etgan.

Ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar sonining o‘zgarishi:

Aprel oyidan boshlab butun mamlakat bo‘ylab joriy qilingan lokdaun ko‘chmas mulkka bo‘lgan talabning 2019 yilning shu davriga nisbatan 87,1 foizga (Toshkent shahrida 94,2 foiz va Toshkent viloyatida 89,8 foiz)ga kamayishiga olib keldi. May va iyun oylarida respublika bo‘yicha ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar soni mos ravishda 25,9 foiz va 135,2 foizga yuqorilab ketdi.

“Bu doimiy ro‘yxatga olish tartibining soddalashtirilishi va may oyidan boshlab karantin choralarining bosqichma-bosqich yumshatilishi bilan izohlanadi”, deb qayd etmoqda mutaxassis.

Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibining isloh qilinishi may oyida 2019 yilda tegishli davrga nisbatan ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari sonining Toshkent shahrida 148,7 foizga, Toshkent viloyatida 26,5 foizga oshib, iyun oyida ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 257,5 foiz va 190,7 foizni tashkil etdi.

“Qizig‘i, aynan shu davrda ko‘chmas mulk savdosining o‘sishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi uylarning narxlariga deyarli ta’sir qilmadi. Bu, asosan, ilgari boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan uylarning haqiqiy egalari nomiga o‘tkazilishi bilan izohlanadi”, deb ta’kidlamoqda Halilulloh Hamidov.

2020 yilning sentyabriga kelib, ko‘chmas mulk bozorida talab yana o‘zining uzoq muddatli trendiga qaytdi. Xususan, sentyabr oyida ko‘chmas mulk oldi-sotdilari soni o‘tgan oyga nisbatan 24,2 foizga (2019 yilning mos davriga nisbatan 41,7 foizga), oktyabr oyida — 1,7 foizga (24,8 foizga), noyabr oyida —0,5 foizga (22,9 foizga) va dekabr oyida — 20,9 foizga (-17,1 foizga) oshdi.

Avtomobil bozori

Statistikaga ko‘ra, respublikada birlamchi va ikkilamchi bozorlarda avtomobil savdosining oylik o‘sishi o‘rtacha 2-3 foizni tashkil etadi. Qat’iy karantin tadbirlarining joriy etilishi natijasida mart oyida ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 17,3 foizga (o‘tgan oyga nisbatan 34,6 foizga), aprel oyida esa 73,8 foizga (63,1 foizga) kamaydi.

May oyidan boshlab avtomobil bozoridagi vaziyat yana tiklana boshladi. Iyun oyida avtomobil savdosi 2019 yilning shu davriga nisbatan 14,8 foizga oshdi. Lekin, 10 iyuldan 15 avgustgacha karantin tadbirlarini qayta joriy etilishi natijasida iyul oyida avtomobil bozoridagi faoliyat may iyun oylariga nisbatan biroz sekinlashdi.

Ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni:

Umuman olganda, 2020 yilda avtomobil savdosi hajmi 2019 yilga nisbatan 2,5 foizga kamaydi. Bu mart, aprel va iyul oylarida avtomobil savdosining keskin pasayishi bilan izohlanadi.

“Shunga qaramasdan, 2020 yil avgust oyiga kelib, ko‘chmas mulk va avtomobil bozorlaridagi vaziyat o‘zining uzoq muddatli trendiga qaytgani aholi talabining tiklanib borayotganligini ko‘rsatmoqda”, deydi mutaxassis.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil' ko'chmas mulk

Baholaganlar

41

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing