Pandemiya tufayli 32 milliondan ko‘p odam qashshoqlikka duch keladi

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi tufayli kam rivojlangan mamlakatlarda 32 milliondan ortiq odam o‘ta qashshoqlikka duch kelishi mumkin. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi hisobotiga tayanib xabar berilgan. 

Hisobotda ta’kidlanganidek, infeksiyaning tarqalishi davlatlarning iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. 

Eng og‘ir zarba esa eng kam rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga tushgan.

Tashkilotning hisob-kitoblariga ko‘ra, kuniga 1,9 dollardan kam pul hisobiga yashaydigan odamlar soni 3 foizga o‘sib, 35,2 foizni tashkil etgan. 

"Bu shuni anglatadiki, kam rivojlangan mamlakatlarda 32 milliondan ortiq odam o‘ta qashshoqlikda yashaydi", deyilgan hisobotda.

Shuningdek, Afrika mamlakatlari va kichik orol davlatlariga eng kuchli iqtisodiy zarar yetishi aniqlangan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 65 milliondan ko‘p odamda koronavirus kasalligi qayd etilgan, 45,3 million kishi sog‘aygan, 1,5 million bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus pandemiya

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing