Pandemiya sababli London meri o‘z maoshini kamaytirdi

Olam

image

London meri Sodiq Xon maoshini 10 foizga kamaytirdi. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida shahar byudjeti xarajatlarini kamaytirish maqsadida hokimiyatning yuqori lavozimdagi amaldorlariga ish haqi oshirilishini to‘xtatdi. Bu haqda ITV telekanali xabar bermoqda.

London merining ish haqi miqdori yiliga 152,734 ming funtni tashkil etadi. Shunday qilib, 2020 yilda Xon 15,3 ming funt sterlingdan kam maosh oladi.

"COVID-19 pandemiya oldidan juda yaxshi bo‘lgan London byudjetiga halokatli ta’sir ko‘rsatdi. TfL (Londonning transportni boshqarish kompaniyasi) daromadi 90 foizdan ko‘proqqa kamaydi. Biznes va kommunal soliqlardan tushgan daromad keskin tushib ketdi", dedi shahar meri.

London rahbari, shuningdek, iqtisodda qattiq choralar ko‘rish tarafdori emasligini ta’kidladi. Ammo hozir xarajatlar kamaytirmasa, shahar ma’murlari, politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va boshqa muhim xizmatlarning sonini qisqartirishga majbur bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

London Sodiq Xon

Baholaganlar

27

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing