Pandemiya davrida o‘qishni ko‘chira olmaganlar nima qiladi?

Jamiyat

IMG_20200609_120648

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hujjatlar 15 iyulidan 5 avgustiga qadar qabul qilinadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdusamad Mamanazarov ma’lum qildi.

Pandemiya davrida o‘qishi ko‘chira olmaganlar uchun qanday imkoniyat yaratilgan?

"2020 yilning 15 iyulidan 5 avgustiga qadar hujjatlar qabul qilinadi (hujjatlarni onlayn tarzda topshirish imkoniyati yaratiladi).

6 avgustdan 30 avgustga qadar arizalar ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

Karantin tadbirlari sababli o‘qishni ko‘chirish jarayonlari muddatlarida o‘zgarishlar bo‘lganda vazirlikning rasmiy sayti va telegram-kanali orqali e’lon beriladi", deydi Abdusamad Mamanazarov.

OTMlarga sirtqi bo‘limlar uchun qabul qachondan boshlanadi?

"Sirtqi bo‘limga hujjatlar kunduzgi bo‘lim kabi 15 iyundan 15 iyulga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi", deydi Abdusamad Mamanazarov.

Joriy o‘quv yilida sport yo‘nalishidagi imtihonlar mavjud bir nechta OTMga hujjat topshirish mumkinmi?

"Alohida iqtidor talab etiladigan hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud ta’lim yo‘nalishlariga kirishda abituriyentlar faqatgina BITTA ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi mumkin", deydi Abdusamad Mamanazarov.

Avvalroq, DTM lar o‘tadigan joylar ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing