Pandemiya davrida qaysi jinoyat birinchi darajali muammoga aylangani aytildi
Olam
−
23 aprel 2020
7277Kiber jinoyatlar ko‘cha jinoyatlarini ortda qoldirdi va koronavirus pandemiyasi vaqtida eng asosiy muammoga aylandi. Bu haqda Xalqaro politsiya assotsiatsiyasining Rossiya bo‘limi rahbari, general-leytenant Yuriy Jdanov aytib o‘tgan.
Pandemiya sharoitida kiber firibgarlar “yanada yaqindan, professional va barkamol harakat qila boshladi”, dedi Jdanov. Uning so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari uchun kiber jinoyatlarga qarshi kurash birinchi o‘rinda turadi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida Rossiyada kiber jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83,9 foizga oshgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo miqyosida ham kiberxavfsizlik masalalariga yanada jiddiy qarashmoqda. Buning sababi sog‘liqni saqlash tizimisha qilingan bir qancha kiber hujamlar, shu bilan birga, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotlari serverlariga buzishga bo‘lgan urinishlar bo‘ldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, jahonda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kiber jinoyat 71,4 foizga oshgan.
LiveBarchasi