Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangach, Putin Koreyaga boradi

Olam

image

Dunyoda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgandan so‘ng Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Koreya Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya-Janubiy Koreya diplomatik munosabatlarining 30 yilligi munosabati bilan bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Ikki davlat o‘rtasida yuqori darajadagi muntazam siyosiy muloqot o‘rnatilgan. 2018 yil 21-23 iyun kunlari Mun Chje Inning Rossiyaga davlat tashrifi muhim voqea bo‘lgandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Koreya Respublikasiga tashrifi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishni esa, pandemiya bilan bog‘liq holat normallashganda boshlamoqchimiz", dedi vazir.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Janubiy Koreya Rossiyaning asosiy savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri ekanligini ta’kidladi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 25 milliard dollarga yaqinlashgani qayd etildi. 

"Koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ko‘plab tadbirlar qoldirildi. Ammo biz 2021 yilda ularni o‘tkazishga qaror qildik", deya so‘zlarini yakunladi u.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Koreya

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing