Panama AQSH kemalari uchun imtiyoz berilganini rad etdi

Olam

image
Dastlab Alyaska kabi “suv tekinga” qo‘lga kiritilgan, ammo keyinchalik qo‘sh-qo‘llab Panamaga topshirilgan kanal tarixi north_east

Dastlab Alyaska kabi “suv tekinga” qo‘lga kiritilgan, ammo keyinchalik qo‘sh-qo‘llab Panamaga topshirilgan kanal tarixi

Avvalroq, AQSH Davlat departamenti ijtimoiy tarmoqlarda Panama hukumati Amerika kemalarini kanaldan o‘tganlik uchun to‘lovlardan ozod qilishga rozi bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Biroq Panama Davlat departamentining da’vosini rad etdi. Bu haqda Panama kanali ma’muriyati ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Departament bayonotida direksiyaning Vashington bilan muloqotga tayyorligi ta’kidlangan.

“AQSH Davlat departamentining hisobotiga javoban, kanal tariflari va boshqa to‘lovlarni belgilash vakolatiga ega bo‘lgan Panama kanali ma’muriyati o‘z tarif siyosatiga hech qanday o‘zgartirish kiritmaganini aytdi”, deyiladi bayonotda.

3 fevral kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Panama shahrida Panama Prezidenti Xose Raul Mulino bilan uchrashdi. Ushbu tashrif fonida AQSH Prezidenti Donald Tramp Panama kanali Xitoyga berilmagan bo‘lsa-da, uning nazorati ostida ekanini aytdi.

“Shartnoma buzilgan. Yo Panama kanali ustidan nazoratni qayta tiklaymiz, yoki juda jiddiy narsa yuz beradi”, deb ta’kidladi Tramp.

O‘z navbatida, Mulino kanal boshqaruvi Panamada qolishi va muhokama qilinmasligini ta’kidladi.

“Panama kanalining suvereniteti qayta ko‘rib chiqilmaydi”, dedi Mulino.

Biroq shunga qaramay Rubioning tashrifidan so‘ng, Panama Xitoy bilan 2017 yilda “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi doirasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumini yangilasligini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Tinch okeani va Atlantika okeanlarini bog‘lovchi Panama kanali Panamaga tegishli bo‘lib, u hukumatdan mustaqil tashkilot tomonidan boshqariladi. Kanalning uzunligi taxminan 77 km. Kanal jahon savdosida strategik rol o‘ynaydi va jahon dengiz savdosining qariyb 5 foizini o‘tkazadi. Panama kanali Panama byudjetiga yiliga 2,5 milliard dollarga yaqin daromad keltiradi va mintaqadagi asosiy geosiyosiy boylik bo‘lib qolmoqda.       


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Panama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing