Palov indeksi: eng qimmat va arzon osh qayerda sotiladi?

Jamiyat

image

Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda eng qimmat palov Toshkent shahri, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida tayyorlandi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘zbekistonning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 15 700 so‘m;
  • Andijon viloyati – 17 600 so‘m;
  • Buxoro viloyati – 21 300 so‘m;
  • Jizzax viloyati –19 000 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m;
  • Navoiy viloyati – 15 300 so‘m;
  • Namangan viloyati – 14 700 so‘m;
  • Samarqand viloyati – 20 000 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati – 19 600 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati – 18 700 so‘m;
  • Toshkent viloyati – 19 500 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati – 17 000 so‘m;
  • Xorazm viloyati – 19 400 so‘m;
  • Toshkent shahri – 24 300 so‘m.

Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

statistika

Baholaganlar

156

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing