“Palmeyras” ikkinchi bor Libertadores kubogini qo‘lga kiritdi
Sport
−
28 noyabr 2021
1280Bugun, 28 noyabr kuni Janubiy Amerika qit’asining eng nufuzli musobaqasi Libertadores kubogining final uchrashuvi o‘tkazildi. Unda “Palmeyras” klubi “Flamengo”ni mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Braziliyaning ikki klubi o‘rtasidagi qarama-qarshilik qo‘shimcha bo‘limlarga qadar yetib bordi va yakunda “yashil-oqlar” g‘alabani ilib ketdi – 2:1.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq “Palmeyras” futbolchisi Rafael Veigani jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, biroq o‘yinning ikkinchi bo‘limida Gabriel Barboza hisobni tenglashtirdi. Ekstra-taymlarning birinchisida kiritilgan Daversonning goli bahs taqdirini hal qildi.
“Palmeyras” (Braziliya) 2:1 “Flamengo” (Braziliya)
Gollar: Veyga 5’, Deyverson 95’ – Barbopa 72’
“Palmeyras”: Viverton, Gustavo Gomes, Gustavo Skarpa, Luan Teysheyra, Meyke (Menino Gabriel, 106’), Danilo, Xoakin Pikeres (Felipe Melo, 114’), Xose Rafael (Danilo Barboza, 82’), Dudu, Rafael Veygani.
“Flamengo”: Diyego Alves, Filipe Luis, David Luis, Rodrigo Kayo, Maurisio Isla, Andreas Pereyra (Pedro, 111’), Villian Arau, De Arraskayeta (Vitino, 111’), Everton Ribeyro, Bruno Enrike (Robert Kennedi, 91), Gabriel Barboza.
Shu tariqa, “Palmeyras” ketma-ket ikkinchi marta Libertadores kubogini qo‘lga kiritdi va 2022 yilning yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish huquqiini qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi