Braziliyalik marafon rekordchisi bedarak yo‘qoldi
Sport
−
29 iyul 890 1 daqiqa
Janubiy Amerika bo‘yicha marafon rekordchisi, braziliyalik Daniel Ferreyra Braziliyaning San-Paulu shtatida bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Globo” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sportchi oxirgi marta joriy yilning 19 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 atrofida uyidan chiqib ketayotganida ko‘rilgan. Uning yonida faqat qora rangli ryukzak bo‘lgan.
28 yoshli marafonchining onasi o‘g‘liga depressiya tashxisi qo‘yilganini ma’lum qilgan. Bir necha hafta davom etgan samarasiz qidiruvlardan so‘ng oila politsiyaga murojaat qilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergov boshlagan va sportchini qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, Daniel Ferreyra 2021 yilgi Olimpiya o‘yinlarida Braziliya sharafini himoya qilgan. 2022 yilda u marafon masofasini 2 soat 4 daqiqa 51 soniyada bosib o‘tib, 1998 yildan buyon saqlanib kelayotgan Janubiy Amerika rekordini yangilagan edi.
Live
Barchasi