Palmer “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkin

Sport

image

Londonning “Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi Koul Palmer faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz futbolchisi o‘z ona shahri Manchesterga qaytishni istaydi. Shu bois, uning “Manchester Yunayted”ga ehtimoliy transferi muhokama qilinmoqda.

Palmer joriy yilning 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi uchrashuvida maydonga tushmadi. Bosh murabbiy Liam Rosenor o‘yindan keyingi matbuot anjumanida bu qaror ehtiyot chorasi sifatida qabul qilinganini ma’lum qildi. 

“Chelsi” “Pafos” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng yetti tur yakunlari bo‘yicha 13 ochko jamg‘arib, Chempionlar ligasi turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarildi. 1/16 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun jamoaga navbatdagi uchrashuvda g‘alaba zarur.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Koul Palmer barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol muallifi bo‘ldi. “Transfermarkt” portali futbolchini 120 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” “Chelsi” Koul Palmer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing