“Paxtakor” “o‘lim guruhi”dami? OCHL va OFK kubogiga qur’a tashlandi

Sport

image
0:00
0:00
download

Bugun futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi va OFK Kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, musobaqaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan “Paxtakor” “D” guruhidan joy oldi. “Sherlar” Qatarning “Al Duxail”, Eronning “Sepaxon” va “Al Tavun” (Saudiya) – “Al Jaish” (Suriya) o‘yini g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston kubogi sohibi “Nasaf” esa pley-off bosqichida BAAning “Baniyas” klubi ustidan g‘alaba qozonsa, “Ye” guruhidan o‘rin egallaydi. Bunday holatda “So‘g‘diyona” OFK Kubogi “Ye” guruhiga yo‘llanma oladi.

“Nasaf” mag‘lub bo‘lgan taqdirda esa OFK Kubogiga yo‘l oladi, “So‘g‘diyona” esa 2022 yilgi mavsumda xalqaro musobaqalarda ishtirok eta olmaydi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda Qarshi jamoasi OFK kubogi finaliga qadar yetib borgan va Bahraynning “Al Muharraq” klubiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor OChL Nasaf So'g'diyona OFK kubogi

Baholaganlar

550

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing