“Paxtakor” “suyangan tog‘i”ning lavozimidan ketishi klub zarariga ishlashi mumkin

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 16 yanvar kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan oldi.

5 yanvar kuni Jahongir Ortiqxo‘jayev bosh vazir Abdulla Aripov bilan Chilonzor tumaniga tashrifi davomida “Paxtakor” akademiyasiga ham kirib o‘tgandi. Tashrif chog‘ida Ortiqxo‘jayev mas’ullarga Qibray tumanidagi sport bazada, 100 kishilik yangi yotoqxona, 5 ta yangi maydon va tashlandiq holatdagi manejni rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha tayyorlash topshirig‘ini bergandi. 

Ortiqxo‘jayev lavozimini tark etgach, akademiya taqdiri nima bo‘lishi noma’lum bo‘lib qolmoqda. Ko‘pgina “Paxtakor” klubi ishqibozlari esa Ortiqxo‘jayevni klub homiyligidan ketmasligini istayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing