“Paxtakor” kolumbiyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
24 yanvar
1818Toshkentning “Paxtakor” klubi Brayan Riaskos transferini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “sherlar” kolumbiyalik futbolchi Brayan Riaskos bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Riaskos yangi jamoasi tarkibida 94-raqam ostida to‘p tepadi.
“O‘zbekistonning eng kuchli jamoasida to‘p tepishimdan xursandman. Tug‘ilgan yilimga monand 94-raqamni tanlayman va “Paxtakor” muxlislarini o‘z gollarim bilan xursand qilaman”, deydi Riaskos.
Ma’lumot o‘rnida, 30 yoshli hujumchi faoliyati davomida “Flamengo”, “Bargantino”, “Trofense”, “Familikan”, “Oliveyrense”, “Nasonal”, “Maritimu”, “Atletiko Uila”, “Metallist”, “Grassxoppers”, “Xalij”, “Gaziyentep”, “Sindao” klublarida o‘ynagan. U o‘tgan mavsumni Xitoy chempionatida o‘tkazdi va 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Paxtakor” Flamarion Jovino Filo transferini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi