“Paxtakor” ikki durrangdan so‘ng ham birinchi o‘rinda

Sport

image

Xabaringiz bor, Toshkentning “Paxtakor” klubi Osiyo Chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan bahsda Qatarning “Al-Saad” klubi bilan 2:2 hisobida durrang o‘ynagan edi

Guruhning ikkinchi bahsida shu paytgacha g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan Eronning “Persipolis” klubi Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasini 2:0 hisobida taslim etdi.

Mazkur o‘yinlardan so‘ng, garchi ikkita durrang qayd etgan bo‘lsada, Toshkentning “Paxtakor” jamoasi guruh peshqadamligini o‘z qo‘llarida saqlab qoldi. Ularning hisobida jami 5 ochko mavjud. Ikkinchi va uchinichi o‘rinlarni “Al-Saad” va  “Persipolis” jamoalari 4 ochkodan to‘plagan holda band etishgan. So‘nggi o‘rin esa, hisobida 3 ochko mavjud bo‘lgan “Al-Ahli” jamoasiga tegishli bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun OCHLning guruh bosqichi ikkinchi davra o‘yinlari rasman 22 apreldan start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor OChL

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing