“Paxtakor” Elit Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqdi
Sport
−
11 avgust 1343 1 daqiqa
Bugun, 11 avgust kuni Toshkentning “Paxtakor” va Iordaniyaning “Al Husayn” jamoalari o‘rtasida Elit Chempionlar ligasi o‘tish o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yin to‘liq “Paxtakor” ustunligida o‘tdi. Dastlab bahsning 8-daqiqasida Dostonbek Hamdamov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 22 daqiqa o‘tib, uning o‘zi hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida esa jamoaning iroqlik hujumchisi Bashar Resan oradagi farqni uchtaga yetkazdi. O‘yin yakunigacha tablodagi raqamlar boshqa o‘zgarmadi va “Paxtakor” Elit Chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, Osiyo qit’asining futbol bo‘yicha eng nufuzli turnirida “Paxtakor” Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bilan birgalikda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Joriy yilning 18 avgust kuni turnirning guruh bosqichiga qur’a tashlanadi. O‘yinlar esa 14 sentyabr kuni boshlanadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust