“Paxtakor” braziliyalik bo‘yi salkam 2 metrli darvozabonni o‘z safiga qo‘shib oldi

Sport

image

Toshkentning “Paxtakor” klubi braziliyalik darvozabon Jonatan Luis bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugungi kunda “Paxtakor”da ikki nafar yosh darvozabon bor. Jonatan Luis kabi statistikaga ega posbonlarni har doim ham chempionatimizda ko‘ravermaymiz. Bejizga darvozabon yarim jamoa deyilmaydi. U jamoamizda sog‘lom raqobat yarata oladi deb o‘ylayman. Bu Nazarov va Shevchenko uchun ham katta maktab bo‘lishi kerak. Chunki “Paxtakor”ning kelajagi aynan shu ikki posbonda deb bilaman. Oldimizda tarkibni kuchaytirish bo‘yicha yana bir ikki futbolchilar turibdi. O‘tkazgan ikki o‘yinimizdan kelib chiqsam, Pedro Moreyraning munosabati menga yoqdi, u yoshlar bilan tajribali futbolchilarni bir tarkibda jam qila olyapti”, deydi klub raisining o‘rinbosari Dilshod Karimov.

Ma’lumot uchun, Jonatan Luis Portugaliyaning yuqori ligasida 125 ta o‘yinda maydonga tushgan. So‘nggi jamoasi “Riu Ave”. O‘tgan mavsumda klubining asosiy posboni bo‘lgan. 2023/24 yilgi mavsumda jami 29 marotaba asosiy tarkibda maydonga tushgan. Joriy mavsumda asosiy tarkibdagi so‘nggi o‘yinini 4 oktyabr kuni “Famalikao” (1:1) jamoasiga qarshi o‘tkazdi. 9 avgust kuni start olgan Portugaliya chempionatida “Sporting”ga qarshi o‘yin bilan mavsumni boshladi. Bo‘yi 1.90 darvozabon 1991 yilda Braziliyaning San-Migel-du-Uesti shahrida tavallud topgan. Faoliyatini asosiy qismini Portugaliyaning ikki ligasida o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Jonatan Luis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing