“Paxtakor” 3 nafar futbolchi transferini e’lon qildi

Sport

image

Kecha, 5 yanvar kuni Toshkentning “Paxtakor” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sherzod Nasrullayev hamda terma jamoaga nomzod futbolchilar Oybek Bozorov va Sanjar Quvvatovni o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tgan mavsumni Qarshining “Nasaf” jamoasida o‘tkazgan Sherzod Nasrullayev va Oybek Bozorov yangi mavsumdan “sherlar” sharafini himoya qiladi. Har ikki futbolchi ham poytaxtliklar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Oybek Bozorov shu paytgacha Superligada 165 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 32 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Sherzod Nasrullayev esa Superligada 147 ta bahsda 10 ta gol va 25 ta golli uzatma qayd etgan.

Shuningdek, klubning sobiq darvozaboni Sanjar Quvvatov ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana “Paxtakor” safiga qaytdi. Darvozabon “sherlar” bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor transfer terma jamoa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing