Paxtachi tumaniga yangi hokim tayinlandi
O‘zbekiston
−
27 May 2019 9236 1 daqiqa
Bugun, 27 may kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirokida xalq deputatlari Paxtachi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada Paxtachi tumani hokimi Vohid Rahimov o‘z arizasiga ko‘ra, o‘z vazifasidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Bu haqda Zarnews nashri ma’lum qilmoqda.
Uning o‘rniga, shu vaqtgacha Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Hamdamov Muzaffar Yazdanqulovich Paxtachi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr