Paxta va g‘alladan bo‘shagan 100 ming gektar yer aholiga bo‘lib beriladi

Jamiyat

image

2023 yili paxta va g‘alladan bo‘shagan 100 ming gektar yerni aholiga bo‘lib beriladi. Bu haqda ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida aytildi.

Endi yerni qo‘lidan ish keladigan, dehqonchilikni biladigan odamlarga berish, kamida 600 ming aholini doimiy va 900 ming aholini mavsumiy daromad olishini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

8 trillion so‘mlik 600 dan ziyod saqlash, saralash va qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun sanoatda ish o‘rinlari yaratish kerak. Shu bilan birga, kelasi yili qishloq xo‘jaligiga xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan 400 million dollarni ko‘proq doimiy ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga yo‘naltirish zarur.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

418

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing