Paxta hosilini oshirganlarga imtiyoz beriladi

Jamiyat

image

Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining “Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergandik.

Qarorga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchi (ijarachi)lar tomonidan paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 2022-2023 yillarda sinov tariqasida rag‘batlantirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:

•    tuproq unumdorligini oshirish va eroziyadan muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirganlik uchun soliq imtiyozlari berish;

•    tasdiqlangan yer tuzish hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi yerlarini tiklash, qayta foydalanishga kiritish va yangidan o‘zlashtirish, qishloq xo‘jaligi yerlarini rekultivatsiyalash va melioratsiyalash tadbirlarini bajarish uchun subsidiyalar ajratish va yer solig‘idan qisman ozod etish.

Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirganlik uchun soliq imtiyozlari tuproq bonitirovkasi tahlili natijalari bo‘yicha tuproq unumdorligi oshgan yerdan foydalanuvchilarga tatbiq etiladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

•    2022-2023 yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish va ekologik holatini yaxshilash uchun subsidiya ajratish tajribasi sinovdan o‘tkaziladigan tumanlar ro‘yxati;

•    Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish, sug‘orishning yangi texnologiyalariga o‘tishda amalga oshiriladigan ilmiy asoslangan tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”.


Maqola muallifi

Teglar

paxta

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing