Pakyao va Makregor oktagonda to‘qnash kelishi mumkin

Sport

image

Ikki divizionda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Rossiyada boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoga qarshi jang o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda irlandiyalik jangchining vakili OAVga bergan intervyusida aytdi.

“Biz bunday jangni ko‘rib chiqishga tayyormiz. Biz taklifni kutamiz va muhokamaga qo‘shilishga tayyormiz. Qolaversa, bilasiz, Konor bir paytlar Menniga qarshi jang qilishi mumkin edi”, deydi Makgregor .

36 yoshli Makgregor professional boksda bitta jang o‘tkazib, 2017 yilda Floyd Meyvezerga yutqazgan. Konor oxirgi marta 2021 yilning iyulida oktagonga chiqqan edi.

Sakkiz vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan 45 yoshli filippinlik Pakyao o‘zining so‘nggi rasmiy jangini 2021 yilning avgustida o‘tkazib, kubalik Yordenis Ugasga imkoniyatni boy bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Menni Pak'yao

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing