OCHL: “Paxtakor” ikkita supergol evaziga keyingi bosqichga chiqdi

Sport

−

12 Fevral 2019 visibility15457 timer1 daqiqa

Avvalroq, Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi saralash bahslari 2-bosqichida Iroqning “Eyr Fors” klubiga qarshi maydonga tushishi haqida xabar bergan edik.

Toshkentda o‘tgan o‘yin mezbonlarning 2-1 hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Jaloliddin Masharipov va Marat Bikmayev mualliflik qildi.

photo5411298673293371959.jpg

Dastlab Jaloliddin Masharipov 76-daqiqada chalqancha usulda to‘pni darvozaga yo‘lladi. Oradan ko‘p o‘tmay 84 daqiqada Marat Bikmayev jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni 2-0 ga yetkazdi.

Iroqliklar taslim bo‘lmay 87-daqiqada Ahmad Hammadiy qaychi usulda gol urib, oradagi farqni qisqartirdi. O‘yin oxiriga qadar shu hisob saqlanib qoldi.

“Пахтакор“ кейинги босқичда

Endi “Paxtakor” OCHL saralashining pley-off bosqichida BAAning “An-Nasr” klubi bilan o‘ynaydi. Bellashuv 19 fevral kuni safarda o‘tkaziladi. G‘olib jamoa OCHL guruh bosqichiga yo‘l oladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

38

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing