Ozon O‘zbekistonda o‘z omborini ochmoqda: bepul saqlash va yangi tariflar

Biznes

image

Toshkent, 16-sentyabr, 2026 yil – Ozon o‘zining O‘zbekistondagi ilk fulfilment markazining ishga tushirilishi haqida e’lon qiladi. Toshkent shahrida umumiy maydoni 7 000 kvadrat metrdan ortiq maydondagi logistika majmuasi buyurtmalarni to‘liq siklli qayta ishlashni – tovarlarni qabul qilishdan boshlab yetkazmalarni shakllantirishgacha ta’minlaydi. Endi O‘zbekistondagi sotuvchilar o‘z tovarlarini marketpleys omborlarida saqlashlari mumkin bo‘lib, bu O‘zbekiston bo‘ylab yetkazish muddatini maksimal darajada qisqartirishga va tadbirkorlarning xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Uning asosiy afzalligi esa – omborda tovarlarni saqlash mutlaqo bepul.

Yangi ishlash modeli – FBO

Yangi omborning ochilishi O‘zbekistondagi tadbirkorlar uchun marketpleysda yangi FBO (Fulfillment-by-Ozon) modeli bo‘yicha ishlash imkoniyatini beradi. Unga ko‘ra, sotuvchi tovarni Ozon omboriga berib yuboradi, undan keyingi buyurtmalarni qayta ishlash va yetkazib berishni esa platforma o‘z zimmasiga oladi. Tadbirkor endi o‘zi omborni ijaraga olishi hamda qadoqlash materiallariga pul sarflashi kerak emas, chunki bularning barchasini Ozon bajaradi. Yangi fulfilment markazida 500 mingdan ortiq tovarni saqlash imkoniyati mavjud.

Boshlang‘ich bosqichda ob’ekt bir sutkada 10 mingtagacha buyurtmani yoki oyiga o‘rtacha 300 mingta buyurtmani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Tovarlarni Ozon omboriga yetkazish uchun sotuvchi o‘zi uchun qulay bo‘lgan variantlardan birini tanlashi kifoya: mustaqil tarzda omborga olib kelish, yaqin atrofdagi Ozon buyurtmalarni topshirish punktiga yoki Toshkentda “Malika” bozoridagi qabul qilish punktiga yetkazish mumkin.

Sotuvchilar uchun shartlar

FBO modelida sotish uchun tariflar tovar toifasiga qarab 3% dan, logistika narxi esa tovarning narxi va hajmiga qarab bir donasi uchun 1 736 so‘mdan boshlanadi. Buning ustiga, omborda saqlash xizmati 2027 yil 1 sentyabr sanasiga qadar mutlaqo bepul. Buyurtmani qayta ishlash, so‘nggi milya va ekvayring kabi xarajatlar ham alohida tariflanmay, tadbirkorlarning chiqimlarini sezilarli darajada tejashga yordam beradi. Natijada, 10 000 000 so‘mlik smartfonni sotganligi uchun tadbirkor atigi 305 000 so‘m to‘laydi.

“Toshkentdagi fulfilment markazini ishga tushirish orqali Ozon O‘zbekistonda rivojlanishining yangi bosqichini boshlab bermoqda: endi sotuvchilar tovarlarini nafaqat bizning saralash markazimiz orqali yuborishlari, balki fulfilment markazining barcha afzalliklarini o‘z ichiga olgan marketpleys omborida saqlashlari ham mumkin. Biz mahalliy biznes uchun onlayn savdolar sodda, oson va samarali bo‘lishiga bosqichma-bosqich o‘z hissamizni qo‘shib kelmoqdamiz – bunda ombor ishga tushirildi, foydali tariflar taklif qilinmoqda hamda ishlash sharoitlari mahalliylashtirilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlar tadbirkorlarning O‘zbekistonda ham, MDH miqyosidagi eng katta Rossiya bozorida ham ishonch bilan rivojlanishi uchun amalga oshirilmoqda”, – deydi Natalya Boyer, Ozon MDH rahbari.

FBS uchun tariflarni 3% ga pasayishi

Ozon O‘zbekistonda FBS (tovarlarni sotuvchining o‘z omborlarida saqlashi) modeli bo‘yicha ishlaydigan sotuvchilar uchun tariflarni ham yangiladi. O‘rta hisobda ular barcha toifalar uchun 3% ga kamaydi, O‘zbekiston bo‘ylab logistika narxi esa deyarli 1,5 marotaba arzonlashdi.

Sotishni qanday boshlash mumkin

O‘zbekistonlik tadbirkorlar savdo maydonida ishlash uchun xohlagan modelni tanlashi va sotishni boshlashi mumkin. Buning uchun kompaniyaning O‘zbekistondagi yuridik shaxsi bilan shartnoma imzolash kerak bo‘ladi. Sotuvchilar o‘z daromadlarini O‘zbekistondagi istalgan bankdagi hisoblariga yechib olish imkoniyatiga ega. So‘mdagi to‘lovlar savdodan so‘ng har 3 kunda amalga oshiriladi va yechib olish uchun qo‘shimcha to‘lov talab etilmaydi. Muntazam savdolarda to‘lovni har kuni olish mumkin (dam olish va bayram kunlaridan tashqari). O‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘z tovarlarini ham mamlakat ichida, ham Rossiyaga sota oladilar.

Ozon O‘zbekiston bozoriga 2023 yilda kirib keldi. 2025 yilda kompaniyaning mamlakatimizdagi savdo aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 4 barobar oshdi, ayni shu davr mobaynida faol xaridorlar soni esa 3,5 martaga ko‘paydi. Kompaniyaning O‘zbekistondagi logistika imkoniyatlari, yangi ombordan tashqari, Toshkent shahridagi saralash markazini ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, kompaniya buyurtma topshirish punktlari tarmog‘ini ham faol rivojlantirib kelmoqda

Ozon – rivojlangan logistika tarmog‘iga ega multi toifali marketpleys. Kompaniya Qozog‘iston, Armaniston, Belarus, Rossiya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston hamda Xitoy va Turkiyada o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Savdo platformasida kitob va kiyim-kechakdan tortib, oziq-ovqat hamda salomatlik mahsulotlarigacha bo‘lgan 20 dan ortiq toifadagi 400 milliondan ortiq tovar nomlari taqdim etilgan. Ozon’ning keng rivojlangan logistika infratuzilmasi 69,2 milliondan ortiq faol xaridorlarga o‘z buyurtmalarini olishiga, 750 mingdan ortiq tadbirkorga esa o‘z tovarlarini Rossiya va MDH mamlakatlarida sotishiga imkon yaratadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing