Qozog‘iston Toshkentga gaz tranzitidan foyda ola boshladi
Olam
−
20 fevral 2019
6590Toshkentga Qozog‘istondan tranzit orqali gaz kela boshladi. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev ma’lum qildi, deb xabar berdi LS.
2018 yil oxirida “O‘ztransgaz” va “KazTransGaz” ilk bor Qozog‘iston hududi orqali tabiiy gazni Toshkent shahri iste’molchilariga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, Qozog‘iston orqali 1 mlrd kub metr gaz O‘zbekistonga yetkazib berilishi kerak.
Bozumbayevning so‘zlariga ko‘ra, mana shu kelishuv sababli qish mavsumida mamlakatning janubiy viloyatlarida gaz ta’minotida uzilishlarning oldi olingan.
“Yanvar oyida biz tarixda birinchi marta Toshkent gaz ta’minoti uchun tranzit taqdim etdik. Bu bizning gaz-transport tizimlarimiz imkoniyatidan to‘liq foydalanishga eshik ochib berdi. Tranzit tariflar 1 ming kub metrga 2,9 dollarni tashkil etadi, bu teng asosda, sababi Qozog‘iston ham o‘z janubini o‘zbek tranziti orqali ta’minlaydi”, degan vazir.
Avvalroq, tranzit tashuvlar “Gazli-Chimkent” va “Buxoro gazli tumani - Toshkent - Bishkek – Olmaota” magistral gaz quvuri orqali amalga oshirilishi ma’lum bo‘lgandi.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston hududi orqali gaz tranziti Toshkentga qishki mavsumda energetika muvozanatini ta’minlaydi.