Qozog‘iston Senati O‘zbekistonga neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi
Olam
−
14 mart 2019
4599Bugun, 14 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Senati Qozog‘iston va O‘zbekiston Hukumatlari o‘rtasidagi energetikaga oid kelishuvni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Parlament Yuqori palatasining Matbuot xizmati xabar berdi.
Kelishuv 2017 yil 16 sentyabrda imzolangan. Hujjatda ikki mamlakat o‘rtasida gaz tranzitini rivojlantirishning o‘zaro manfaatdorligi aks etgan. U neft-gaz, neft-gaz kimyo va elektroenergetika sohalaridagi hamkorlikni rahbatlantirishni, shuningdek, Qozog‘istonning janubiy viloyatlarini gaz bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Kelishuvda O‘zbekiston 2 mln tonna qozoq neftini sotib olishdan manfaatdor ekani qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, o‘zbek tomoni rejalashtirilgan xomashyoni qabul qilish uchun neftni tashuvchi va qayta ishlovchi infratuzilmani qurish ishlarini o‘z vaqtida tugallashini kafolatlagan.
Avvalroq, Qozog‘iston O‘zbekiston neft yetkazib beruvchi quvurni o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Loyihaning ishchi nomi “Chimkent-Jizzax” bo‘lib, u jalb qilingan qarz mablag‘lari hisobiga quriladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15