Ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘ladigan jinoyat turi ikkitaga kamayadi
Jamiyat
−
16 dekabr 2019
6209Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qaror bilan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Hujjatda belgilanishicha, 2020 yil mayga qadar tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo turlarini tayinlashni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlanadi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), Adliya vazirligi (Davletov) ijro uchun mas’ul etib tayinlandi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi