Ozodligi cheklangan fuqaro IIB xodimini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida fuqaro o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimini pichoq bilan o‘ldirdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 26 avgust kuni soat 20:45 da sodir bo‘lgan. Dang‘ara tumani IIB profilaktika katta inspektori N.M. o‘z vakolati doirasida muqaddam Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan sudlanib, soat 18:00 dan soat 06:00 ga qadar yashash joyini tark etmaslik taqiqi bilan ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan tumanning Shodlik mahallasida yashovchi fuqaro X.E.ni yashash xonadoniga borib, tekshirgan.

Biroq, fuqaro X.E. xonadonida yo‘qligini, jazoni o‘tash tartibini buzganini aniqlagan.

Shu vaqtda fuqaro X.E. mast holda yashash xonadoniga tashqaridan kelib, baqir-chaqir qilib, janjal ko‘targan va xonadonda bo‘lgan oshxona pichog‘ini olib chiqib, kutilmaganda N.M.ning ko‘krak qafasiga sanchib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan hamda voqea joyidan qochib yashiringan. 

Profilaktika inspektori N.M. esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.E. qo‘lga olindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIB xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing