Avgustdagi YTH Alisher Sultonovning salomatligida asoratini qoldirgan
Jamiyat
−
04 mart 2019
219832018 yilning 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va ayni vaqtdagi Bosh vazir maslahatchisi – Energetika vaziri Alisher Sultonov o‘tirgan avtomobil Toshkent viloyatida YTHga uchragan edi. Sultonovga chap son suyagi chiqishi, chanoq kosachasi yopiq sinishi, ko‘krak qafasi 7-10 qovurg‘alari yopiq sinishi, bosh tepa sohasi lat yeyishi tashhisi qo‘yilgandi.
Ushbu hodisa Alisher Sultonovning jismoniy holatida o‘z asoratini qoldirgan. Ayni vaqtda u hassa bilan harakatlanmoqda. Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 28 fevral – 1 mart kunlari Namangan viloyatiga amalga oshirgan tashrifiga doir videolavhalarda ham ko‘rish mumkin.
Prezident bilan suhbatda bo‘lib, unga yangi loyihalarni taqdim etayotgan Sultonov videorolikning ikki lavhasida hassa bilan namoyon bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Hukumat vakili Alisher Sultonov avtohalokatdan ikki kun o‘tib, 2018 yilning 21 avgust kuni jarrohlik amaliyoti uchun Germaniyaga jo‘nab ketgan edi. QALAMPIR.UZ manbalari bergan ma’lumotlarga qaraganda, Berlindagi nufuzli shifoxonada Sultonov bel va umurtqa sohasida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.
LiveBarchasi