Ozodbek Nazarbekovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
22 aprel 2020
10744O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib Jamol Nosirov tayinlandi. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.
“Buxoro viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Jamol Nosirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 apreldagi qaroriga asosan Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi“, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Jamol Nosirov 1985 yil 12 iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2005 yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, psixolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2008 yili esa universitetning magistraturasini tugatgan.
Bir muddat “Kamolot” YOIH Buxoro viloyat Kengashi raisi lavozimida ham mehnat qilgan. Shundan so‘ng 27-Jilvon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan.
Shuningdek, Nosirov tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi bo‘lgan. 2017 yilda esa Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
LiveBarchasi