Ozodbek Nazarbekov jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi

Madaniyat-san’at

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi. 

Xalqaro press-klubning jonli efirdagi navbatdagi sessiyasida ishtirok etgan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning ayni vaqtdagi qon bosimi 120/80, harorati esa 36,5 daraja ekani aniqlanib, mutaxassislar tomonidan unga emlash jarayonini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Ammo vazir qaysi vaksina bilan emlanganiga aniqlik kiritilmadi. 

Qayd etilishicha, yana 21 kundan keyin Nazarbekov vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda vazirlar, deputatlar va taniqli shaxslar jamoatchilikni vaksina olishga chorlov aksiyalarida ishtirok etmoqda. 

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda AstraZeneca (CovieShield), “Sputnik V” hamda o‘zbek-xitoy vaksinalaridan foydalanilmoqda.

Shuni ham alohida aytib o‘tish joizki, mamlakatda vaksina olganlardan 11 nafarida koronavirus aniqlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Ozodbek Nazarbekov

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing