Ozodbek Nazarbekov To‘ti Yusupovani yo‘qladi (video)

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Bugun, 29 iyun kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va bir qancha san’atkorlar O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbek milliy akademik drama teatri onaxon aktrisasi To‘tixonim Yusupovaning holidan xabar oldi.

“Hamisha el ardog‘ida bo‘lgan To‘ti aya bilan suhbatlashdik. Ustoz san’atkor haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlar asossiz, sevimli onaxon aktrisamiz shogirdlari e’zozida. Ustozlarini o‘z onalaridek parvarishlayotgan shogirdlarining mehribonligi To‘ti ayaning  teatrdagi bir necha yillar davomidagi ustozlik zahmatlarining samarasidir. 

Muborak 85yoshni qarshi olgan  onaxon aktrisa bilan suhbatimiz davomida teatr sahnasi, tasvirga olish jarayonlaridagi qiziq 
voqealarni tingladik.

Ta’kidlash kerakki, teatr sahnasida 65 yil davomida turli obrazdagi betakror siymolarni jonlantirgan aktrisa bir necha kinofilmlar, teleseriallarda ham o‘z ijodiy "muhri"ni qo‘ya olgan sanoqli san’atkorlardan biridir”, deydi vazir Nazarbekov.

Vazir To‘ti Yusupovaning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklidagi Sotti obrazi bugungi avlod tomonidan ham sevib ko‘rilishini yodga olgan. 

“Birgina, "Abdullajon" kinofilmdagi obrazi ham To‘ti Yusupova siymosida o‘zbek ayolini dunyoga tanitdi. 

Bu kabi misollarni yuzlab keltirishimiz mumkin. Onaxon san’atkorimiz bilan kechgan samimiy suhbatimiz tugashini istamasakda, vaqt o‘z hukmini aytdi.

To‘ti ayaga sog‘lik-omonlik, yana bir necha yillar, el ardog‘ida bo‘lib yurishini tilab xayrlashdik”, deya so‘zini yakunlagan Ozodbek Nazarbekov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 iyun kuni To‘ti Yusupova vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo keyinroq Madaniyat vaziirligi bu xabarlarni rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozodbek Nazarbekov To'ti Yusupova

Baholaganlar

1581

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing