Ozoda Nursaidova DXX va IIV bilan hamkorlikda psixotrop vositalar muammosini ko‘tardi
Madaniyat-san’at
−
15 noyabr 2022
20603O‘zbekistonda kundan-kun “arzon kayf” balosi urchib bormoqda. Mamlakatda giyohvand va psixotrop moddalarga kurash borasida tinimsiz hisobotlar taqdim etilayotganiga qaramay, yoshlar orasida mamlakatga olib kirilishi taqiqlangan yoki cheklangan miqdorda olib kirish va shikofor ruxsati bilan berish mumkin bo‘lgan psixotrop dorilarni iste’mol qilish holatlari ortib bormoqda. Hatto, bu moddalar ayrim hududlarda maktab o‘quvchilardan ham topilgan holatlar mavjud.
Xonanda Ozoda Nursaidovaning navbatdagi “Yomg‘irlar” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipda aynan ushbu muammo olib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda suratga olingan klip ajrashish yoqasida turgan er-xotin o‘rtasidagi janjal ularning yosh, o‘spirin qizining ruhiyatiga qattiq zarba bo‘lishi tasvirlari bilan boshlanadi.
Oilasidagi notinchlik sabab ruhiy tushkunlik kayfiyatida yurgan qizaloq yomon niyatli kimsalar, jumladan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi sinfdoshlari uchun oson o‘ljaga aylanadi.
Tug‘ilgan kunida sharbatga qo‘shib berilgan psixotrop modda o‘quvchi qizni tezda o‘ziga tobe qiladi. Va bu holat shunchaki badiiy to‘qima emas, aynan bugungi kunda uchrayotgan holat.
O‘z sinfdoshini tizginga solib olgan yovuzlar, endilikda bunday tabletkalarni faqat pul evaziga taqdim eta boshlaydi. Ota-ona mehri va tarbiyasidan chetda qolgan qiz esa uydan pul o‘g‘irlashni boshlaydi.
Maktab o‘quvchisini psixotrop moddalarga qaram qilib olganlar pul bilan cheklanmaydi, balki endilikda qizni mazax qilish, xo‘rlash, o‘zgalar oldida izza qila boshlaydi. Navbat qizning turli holatlardagi tasvirlari tushirilgan videolarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishga.
Klip byudjeti 10 ming AQSH dollarini tashkil etdi.
Tushunishilishicha, DXX va IIVning aynan bu mavzudagi klipga hamkor bo‘lib qo‘shilishi bejiz emas. Nursaidova jamoasi klipda shu kunlarda eng ko‘p uchrayotgan jinoiy holatlarga murojaat qilgan.
LiveBarchasi