Xorazmda bir oila is gazidan zaharlanib, halok bo‘ldi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2019
4940Joriy yilning 22 oktyabr kuni Xorazm viloyatida xonaga is gazi yig‘ilishi natijasida bir oilaning to‘rt a’zosi zaharlanib, halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
22 oktyabr soat 22:00da Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.G‘. (1974 y.t., yakka tartibdagi tadbirkor), turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari qo‘lbola issitish pechini yonida uxlab qolib, xona ichiga tarqalgan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr