O‘zini hurmat qilgan inson Abdulla Qodiriyni bir emas, bir necha marta o‘qigan bo‘ladi — Prezident
Jamiyat
−
27 dekabr 2019
8699Xabaringiz bor, joriy yilning 26 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari shu yerda o‘quvchi yoshlar, faollar bilan muloqot qildi. Davlat rahbari so‘zida Abdulla Qodiriy asarlari, xususat “O‘tkan kunlar”ga alohida to‘xtaldi.
“Bitta narsani hammamiz bilishimiz kerak. Adabiyotsiz iqtisodiyot ham, ma’naviyat ham bo‘lmaydi. O‘zini hurmat qilgan inson Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”ini bir emas, bir necha marta o‘qigan bo‘ladi. Nimaga desangiz, uni o‘qigan odam hech qachon oilaga xiyonat qilmaydi, kerak bo‘lsa vatanga xiyonat qilmaydi.
Jadid bobolarimiz Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Munavvarqori... Ular imorat qurmagan, o‘ziga boylik izlamagan. Bittayu bitta xazina – ne mashaqqat bilan topgan pullariga kutubxona qurganlar. Shu “Turon” kutubxonasini ham o‘zlarining mablag‘lariga qurib, mana shu elimizga, kerak bo‘lsa, o‘zligimizga namoyon qilib, tirik haykal qilib ketgan, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Bu kutubxona namuna bo‘lishi kerak. Bu kutubxonada ma’rifat nuri bizga har tomonlama yangi-yangi zafarlar, natijalarga madadkor bo‘lishi kerak. Bu kutubxonaning nuri hammamizga kuch-quvvat berib turishi kerak.
37-yillar nima uchun jadidlarga hujum bo‘lgan? Agar ular hayot bo‘lib, qatag‘on bo‘lmaganda edi, hozir O‘zbekistonning rivojlanishi mutlaqo boshqa yo‘lda bo‘lardi. Men bunga ishonaman, buning tagida hamma asoslar bor.
Agar ziyolilarimiz, yozuvchilarimiz, adabiyotshunoslarimiz qalami bilan hozirgi adolatni qo‘rqmasdan yozsa, Abdulla Qodiriylar, Cho‘lponlar, Fitratlarning ruhi shod bo‘ladi.
Vaqtlar o‘tadi. Xudo xohlasa 10-12 yildan keyin biz niyat qilgan, butun dunyo bilan kurasha oladigan yoshlar paydo bo‘ladi. Men bunga ishonaman”.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr