Fransiya o‘z yadro arsenalini qisqartirdi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parijda ofitserlar oldida chiqish qilar ekan “mamlakat o‘z yadro arsenalini 300 jangovar qurolga kamaytirganini” ta’kidlab o‘tdi.

Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, bu yadro quroldan saqlanishning “lozim bo‘lgan eng past ko‘rsatkichi”. 

U, shuningdek, Yevropa mamlakatlarini jahondagi qurollar nazoratini ta’minlash borasida faol harakat qilishga chaqirdi.

Bundan avval Fransiya Prezidenti polshalik hamkasbi Anjey Duda bilan ham aynan mana shu masalada suhbatlashgan edi. Makronning fikricha, dunyodagi qurollarni nazorat qilish borasida AQSH va Rossiya bilan o‘zaro hamkorlik qilish zarur.

“Oldin ham aytganman, agar zarur bo‘lsa, Fransiya mana shu mavzuga oid muzokaralarga doim tayyor”, degan u.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Emmanuel' Makron

Baholaganlar

26

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing