Avtomaktabda o‘qimay “prava” olish imkoni yaratilishi mumkin
Jamiyat
−
19 fevral 2020
18859Haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish taklif etilyapti. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida shu mazmundagi petitsiya e’lon qilindi
Murojaatda avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi guvohnoma olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish taklif qilgan.
“Avtomaktablarda o‘qitishdan maqsad nima? Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishmi, buni mustaqil o‘qib-o‘rganish ham mumkin. Yoki avtomobil boshqarishni o‘rganishmi? Buni biror qarindosh yoki tanish yonida yurib ham o‘rganish mumkin. Hozirda maktablar o‘qitish xizmati uchun 2-3 million so‘raydi. Maqsad pul to‘lashmi, bu pulni o‘z qarindoshimizga bersak ham bo‘ladi. Baribir YHXBda imtihon topshirmagunimizcha “prava” bermaydi”, deyiladi petitsiyada.
Ta’kidlanishicha, IIB YXXBda imtixon topshirish uchun to‘lovlarni amalga oshirgan fuqarolardan avval nazariy, nazariy imtixondan o‘tganlardan amaliy imtihon olinib, imtihon topshirganlarga toifali haydovchilik guvoxnomasi topshirilishi yetarli bo‘ladi.
“Men avtomaktablarni qat’iy berkitish tarafdori emasman, balki avtomaktablarda o‘qishni ixtiyoriy qilib, avtomaktablarda o‘qimaganlar ham, o‘z malakalariga ishonishsa, YHXB xuzurida imtixon topshirishlariga ruxsat berilishini taklif qilaman. Bu taklifimni tegishli vakolatli organlar tasdiqlashlari jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shadi. Chunki jamiyatni taraqqiy ettiruvchi kuch – bu avtotransport sohasidir. Chunki ishlab chiqarish va savdo tizimi yaxshi bo‘lishi uchun, avvalo, transport tizimi yaxshi rivojlangan bo‘lishi talab qilinadi”, deydi murojaat muallifi.
Petitsiyada yuqoridagilarni inobatga olgan holda, haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish taklif qilingan.
Murojaat 394 ta ovoz yig‘ganiga qaramay, izohlarda bu taklif xatoligi va yuzaga kelayotgan ko‘pgina yo‘l-transport hodisalari bilimsizlikdan kelib chiqayotgani aytilgan. Shuningdek, murojaat muallifining fikrlari keskin qoralangan.
LiveBarchasi