Nazarboyev Turkiy kengashning bir umrlik “oqsoqoli” bo‘ldi
Olam
−
25 may 2019
6426Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifi ва Turkiy kengashga a’zo davlatlarning qo‘llab-quvvatlashi bilan Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti, Elboshi – Nursulton Nazarboyev “Turkiy kengashning bir umrlik faxriy raisi” etib e’lon qilindi.
Kecha, 24 май kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti, Elboshi – Nursulton Nazarboyev Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashdi. Bu haqda “Oqo‘rda” Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Qozog‘istonning birinchi Prezidenti ikki qardosh xalq o‘rtasidagi hamkorlikni saqlab qolish ва kelajakda yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
“Mustaqillikning dastlabki yillaridan beri Turkiya bizni qo‘llab keldi. Bizning davlat ва xalq bir-biriga juda yaqin. Ikki davlat o‘rtasida vizasiz tartib o‘rnatdik. Qozog‘iston ва Turkiya алоқалари yildan-yilga mustahkamlanyapti. Ishonamanki, bu hol davom etadi”, degan Elboshi.
Nursulton Nazarboyev turkiy davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni Turk kengashi doirasida rivojlantirish kerakligini qayd etgan.
O‘z navbatida Mavlud Chavusho‘g‘li Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning salomini Nursulton Nazarboyevga yetkazib, uni Turkiyaga taklif qilgan.
“Siz Elboshi, Xavfsizlik Kengashi raisi, “Nur Otan” partiyasi раҳбари sifatida Qozog‘iston xalqi manfaati uchun qilayotgan ishlaringizdan mamnunmiz. Sizning o‘z mamlakatingiz ва ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishi uchun қўшган mislsiz hissangiz bizga ma’lum”, degan Mavlud Chavusho‘g‘li.
Suhbat davomida томонлар xalqaro ва mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.
Uchrashuv yakunida Turkiya tashqi ishlar vaziri Turk kengashi a’zo davlatlar rahbarlari qarori bilan Nursulton Nazarboyevga turk olami davlatlari rivojiga қўшган ulkan hissasi uchun “Turkiy тилли davlatlar kengashining bir umrlik faxriy raisi” maqomi berilganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Nursulton Nazarboyev 1989 yildan 2019 yil martgacha Qozog‘istonga rahbarlik qilgan. Joriy yilning 19 mart kuni prezidentlikdan iste’fo berdi. Uning o‘rnini vaqtincha Qosim-Jomart Toqayev egalladi.
9 iyun kuni Qozog‘istonda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr