Sloveniyada mamlakatdagi birinchi masjid va Islom markazi ochildi
Olam
−
04 fevral 2020
4121Sloveniya poytaxti Lyublyanada masjidga ega birinchi Islom markazi ochildi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar bermoqda.
13 ming kvadrat metrlik maydonda ma’muriy va turar-joy binolari, shuningdek, sport zal, restoran va kutubxona joylashgan. Islom markazida balandligi 40 metrlik minoraga ega masjid ham bor. Masjid 1400 namozxonga mo‘ljallangan.
Qurilishdagi birinchi tosh 2013 yilda qo‘yilgan. Loyihaning qiymati 34 million yevroni tashkil etdi. Bu xarajatlarning aksariyat qismi Qatar davlati tomonidan qoplangan.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi