Humoyun Sultanov Kranska Gora turniri chempioni bo‘ldi

Sport

image
Kecha, 31 may kuni O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultanov Sloveniyaning Kranska Gora shahrida o‘tkazilgan ITF M15 turnirida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqaning final uchrashuvida Humoyun Sultanov ispaniyalik Tito Chavezni ikki set natijasiga ko‘ra, 6/0, 7/5 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, hozirgi ATP reytingida Humoyun Sultanov 806-o‘rinda bormoqda.

O‘zbekistonlik tennischilar orasida esa, u hozirgi paytda 2-raqamli tennischi hisoblanadi. Mamlakatning birinchi raketkasi Sergey Fomin bo‘lib, u ATP reytingida 294-o‘rinni egallab turibdi. Sultantov esa, o‘zbekistonlik tennischilar orasida ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin Qozog‘istoning Chimkent shahridagi “Chellenjer” turniridagi chempioni bo‘lgandi.

Maqola muallifi

Teglar

tennis Sloveniya Humoyun Sultanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing