Oxiri ko‘ringan energetik qaramlik. Turkiya yirik gaz zaxirasini topdi

Olam

image

Turkiya Qora dengizda tarixidagi eng yirik tabiiy gaz zaxirasini topdi. Bu Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi Dolmabahche saroyida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Anadolu” agentligi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya “Tuna-1” zonasida 320 mlrd kub metr hajmdagi yirik tabiiy gaz konini topgan.

Fatih burg‘ulash kemasi Istanbul shahri turklar tomonidan egallangan kunda Qora dengizda geologik qidiruvni boshlagandi.

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, bu zaxira burg‘ulashning birinchi bosqichida aniqlangan va quyiroqda yanada ko‘proq tabiiy boyliklar bo‘lishi mumkin. Turkiya bu gazni 2023 yildan aholiga yetkazib berishni boshlamoqchi.

Gazni o‘zlashtirishda dastlab quduq mustahkamlanadi. So‘ng qazib olish, qurilish va montaj ishlari konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Turkiya energetika ta’minotida importga tayangan va bu uni ba’zi hollarda boshqa davlatlar bilan hisoblashishga majbur qilgan. Endilikda yrik gaz zaxirasining topshilishi mana shu energetik qaramlikka barham beradi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Turkiya

Baholaganlar

330

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing