Husniddin Aliqulov jarohatdan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytdi
Sport
−
14:53 496 2 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Rizespor” klubi himoyachisi Husniddin Aliqulov jarohatidan so‘ng jamoa bilan guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, futbolchi bir muddatdan buyon jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Biroq uning jismoniy holati hozircha rasmiy uchrashuvda maydonga tushish uchun yetarli darajada emas. Shu bois Aliqulovning qachon maydonga qaytishi borasida aniq muddat ma’lum qilinmagan.
“Oldingi xochsimon bog‘lam, menisk va ichki yon bog‘lam jarohatlari sababli 7,5 oy avval muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan Xusniddin Aliqulov bir muddatdan buyon jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Biroq futbolchining jismoniy holati va atletik ko‘rsatkichlari hozircha rasmiy o‘yinda maydonga tushish uchun yetarli darajada emas, deb baholangan”, deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
Ma’lumot uchun, Husniddin Aliqulov joriy yilning 19 yanvar kuni “Gyoztepe” bilan o‘yinda jiddiy jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘lgan edi. O‘tkazilgan tekshiruv va tahlillar natijasida Aliqulovning chap tizzasida ACL (oldingi kesishgan bog‘) yirtilishi, tizza panjasi yarim chiqishi (Patellar Subluxation) va buning natijasida tizza bog‘i (MPFL) shikastlanishi, shuningdek ichki va tashqi meniskuslarda yirtilish, qon ketishi va shishish aniqlangan. Shundan so‘ng Aliqulov jarrohlik amaliyotini boshlan o‘tkazgandi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr
Sergelidagi masjidga o‘t ketdi
03 Oktyabr