Polshada o‘zbekistonlik talaba YTHga uchradi

Olam

image

Polsha poytaxti Varshavada O‘zbekiston fuqarosi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi ma’lumotiga asosan xabar berdi.

Joriy yilning 8 yanvar kuni sodir bo‘lgan YTH oqibatida o‘zbekistonlik I.R. ko‘p sonli jarohatlar bilan og‘ir ahvolda Varshava shahridagi Milliy mudofaa vazirligi Harbiy-tibbiy instituti Markaziy klinik shifoxonasining intensiv terapiya klinik bo‘linmasiga yotqizilgan va muolaja olmoqda.

YTH bo‘yicha Varshava shahrida politsiya tergov tadbirlarini olib bormoqda.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra I.R. universitetlardan birining talabasi hisoblanadi.

Elchixona Konsullik bo‘limi vakillari klinikaga borib bemorning holidan xabar olgan va uning qarindoshlarini qidirishmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi: +48-22-894-62-30 (2)


Maqola muallifi

Teglar

YTH o'zbekistonlik

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing