IIBB Chinozdagi voqea bo‘yicha o‘rganish olib bordi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda "Chinoz tumani 19-ta’lim maktabi direktori 6-sinf o‘quvchisini ayamasdan kaltakladi" nomi bilan video xabar tarqalgan edi. Ushbu holat Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, voyaga yetmagan O.R. haqiqatdan ham Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-"a" sinf o‘quvchisi hisoblanadi.

Shu yilning 9 oktyabr kuni o‘quvchilar sinf xonada o‘tirgan vaqtida maktab direktori Sh.X. sinf xonasiga kirib, texnologiya fani o‘qituvchisi yo‘qligi sabab, o‘rniga shu soatda matematika darsi bo‘lishini aytgan. Shunda, o‘quvchi O.R. nima sababdan texnologiya darsi bo‘lmasligini qo‘pol ravishda, baland ovoz bilan so‘ragan.

Barcha o‘quvchilar oldida maktab direktoriga nisbatan qo‘pol muomala qilgani uchun maktab direktori o‘quvchi bilan  alohida gaplashib olish maqsadida uni qo‘lidan ushlab, boshqa xonaga olib kirgan va undan tushuntirish xati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani  IIB  tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi O.R.ga olgan tan jarohatlari yuzasidan, sudga oid tibbiy ekspertiza tayyorlangan.

Joriy yilning 11 oktyabr kundagi sud-tibbiy ekspertizasining xulosasisga ko‘ra, voyaga yetmagan O.R.ga sog‘liqni qisqa muddat buzilishiga sabab bo‘lmagan "yengil" tan jarohati tashhisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan, fuqaro Sh.X.ning harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lmagani sababli, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismiga asosan javobgarlik belgilangan. 

Hozirda to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun ma’muriy ishlar bo‘yicha Chinoz tuman sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qamoqdagilarga

Baholaganlar

111

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing